Xabaringiz bor, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimi joriy etildi.

Bugun Qashqadaryo viloyat hokimidan so‘ng nafaqat viloyatda, balki yurtimizdagi barcha tumanlar ichida Mirishkor tumanida birinchi bo‘lib, Adliya bo‘limi ekspertizasidan o‘tgan xolda, hech qanday qog‘ozlarsiz, «E-qaror» elektron tizimi orqali tuman hokimining «Mirishkor tumanida dam olish kunlari yarmarkalarni tashkil etishni samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» normativ tusdagi qarori qabul qilindi.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mamlakatdagi ilk elektron qarorni qabul qilgan edi.