Qadrli uka va singillarim! Siz azizlarimni 30 iyun “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman!
2017 yilning 30 iyun kuni Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining to‘rtinchi qurultoyida ushbu sanani “Yoshlar kuni”, deb eʼlon qilish taklifini kiritgandi. Taklif delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va 30 iyun — “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.
Albatta bu yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor namunasi, Yurtboshimiz tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, berilayotgan imkoniyatning yorqin ifodasidir.
Bugun yurtimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham ko‘plab soha va yo‘nalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berildi.
Qadrdonlarim!
Dastlab, yoshlar haqida maʼlumot bersam. Tumanimizda jami 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 61,4 ming nafardan ortiq bo‘lib, tuman aholisining qariyb 51 foizini tashkil etadi.
Shundan 6 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 16,5 ming nafarni, 7 yoshdan dan 17 yoshgacha bo‘lganlar 2,4 ming nafarni, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar 33 654 nafarni tashkil etadi.
Mirishkorda shakllantirilgan “Yoshlar balansi”ga ko‘ra:
— 14-30 yoshdagi 33 ming 654 nafar yoshlarning 5 ta toifaga, yaʼni bandlik, taʼlim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari asosida toifalab, ro‘yxatga olindi.
Unga ko‘ra, davlat va xususiy sektorida rasmiy bandlar 2 466 nafar, taʼlimda rasmiy bandlar 9 530 nafar, migratsiyaga ketgan yoshlar 1 327 nafar, norasmiy bandlar 11 810 nafar, mehnatga layoqatsiz yoshlar 254 nafarni tashkil qiladi.
Aziz yurtdoshlar!
Joriy yil boshidan tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 661 nafar yoshlarning 455 nafariga (68,6% reyting bilan viloyatda 3-o‘rinda) (1-sektorda 295/189 nafariga, 2-sektorda 101/85 nafariga, 3-sektorda 171/111 nafariga hamda 4-sektorda 94/70 nafariga ko‘mak ko‘rsatilgan) amaliy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy muammolari hal etilgan.
Shundan:
– 114 nafar yoshlarning 342,4 mln so‘mlik OTM to‘lov kontrakti to‘lab berildi;
– 16 nafariga 19,4 mln so‘mlik Haydovchilikka o‘qitish kursi xarajatlari qoplab berildi;
– 14 nafar yoshlarning 70,5 mln so‘mlik davolanish xarajatlari qoplab berildi;
– 18 nafar yoshlarning 21 mln so‘mlik bir martalik moddiy yordam xarajatlari qoplab berildi;
– 21 nafar yoshning 124,8 mln so‘mlik SCHR to‘lovlari qoplab berildi;
– 5 nafar yoshning 4.6 mln so‘mlik Psixologik xizmat to‘lovlari qoplab berildi;
– 22 nafar yoshlarga 651 mln so‘mlik bank Kreditlari ajratildi;
– 25 nafar yoshlarning 35.7 mln so‘mlik mehnat qurollari uchun subsidiya ajratildi;
– 24 nafar yoshlarning 28.8 mln so‘mlik Zamonaviy kasb, IT va xorijiy til o‘quv kursi kompensatsiyasi uchun xarajatlari qoplab berildi;
– 2 nafar yoshlarning 2.4 mln so‘mlik Turar joy ijarasi xarajatlari qoplab berildi;
– 1 nafar yoshning 10.5 mln so‘mlik Olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplab berildi;
– 226 nafariga Dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiri uchun e-auksion platformasi orqali 30 yilga ijara asosida yer maydonlari ajratildi.
— Xususan tumanimiz yoshlariga Yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport obyektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga 95.7 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;
— O‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘rin olgan yoshlarni rag‘batlantirish uchun 259,4 mln so‘m sarflandi.
Qadrli tumandoshlar!
Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni eʼtibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.
Shunga muvofiq ijtimoiy holatidan kelib chiqib, hududlardagi yoshlar yashil, sariq va qizil toifalarga ajratildi.
O‘rganishlarga ko‘ra,
14 884 nafar (43 %) yoshlar – yashil;
18 770 nafar (57 %) yoshlar — sariq toifaga ajratildi.
Shuningdek, barcha yoshlar ichidan 1 004 nafar yoshlar qizil toifaga kiritildi.
Ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha masʼullar biriktirilib, “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Azizlarim!
Yoshlarimizning joriy yilda erishayotgan yutuqlarini faxr bilan, alohida e’tirof etishni joiz deb bilaman.
Birgina, “O’zbek jang san’ati” sport turi bo’yicha Mirishkor tumani sport maktabining 4 nafar o’quvchisi jahon kubogida, 30 ga yaqin o’quvchilari mamlakat chempionatida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi;
— 4 nafar sportchilar “Taekvondo” sport turi bo’yicha mamlakat chempioni bo’lishdi;
— 18 nafar iqtidorli bitiruvchi o’quvchilar maktabni oltin medallar bilan tamomlashdi.
Shuningdek, tuman markazidagi sport maktabi va ko’plab mahallalarda yoshlar bo’sh vaqtida sport hamda jismoniy tarbiya mashg’ulotlar bilan band bo’lishlari uchun zamonaviy ‘workout’ maydonchalari foydalanishga topshirildi.
Aziz yoshlar!
Barchangizni bugungi bayram bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Bayramingiz muborak boʻlsin.
Sherali Choriyevich Sanayev
Mirishkor tumani hokimi