Bir vaqtning oʻzida «Zakovat» intellektual oʻyini, filmlar va taniqli yulduzlar namoyishi, kurash musobaqasi va rahbarlar qabulida boʻlishni istaysizmi?

Unday boʻlsa, Sizni joriy yilning 4-noyabr kuni Mirishkor tuman Chandir qishlogʻida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida boʻlib oʻtadigan «Yoshlar festivali«ga taklif etamiz.

Festival doirasida millatlararo totuvlikni tarannum etuvchi bagʻrikenglik ruhidagi tadbirlar, yoshlar orasida «zakovat» intellektual oʻyinlari, sektor rahbarlari bilan yoshlar uchrashuvi, milliy kurash sport musobaqalari va kinofilmlar namoyishi boʻlib oʻtadi.

Bu hali hammasi emas. Festival soʻngida Respublikadan kelgan sanʼat olami yulduzlari oʻzlarining navobaxsh kuy-qoʻshiqlari bilan ishtirok etishadi.

Qadrli tumandoshlar!
Mazkur tantanada barchangizni kutib qolamiz.

Manzil: Chandir qishlogʻi Madaniyat markazi va 34-sonli maktab sport  oʻyingohi.