YAZDURDIYEV AZIZBEK
SHUXRAT O'G'LI

MIRISHKOR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI RAHBARI - HOKIMNING AXBOROT SIYOSATI MASALALARIDA MASLAHATCHISI

TELEGRAM

YOUTUBE

FACEBOOK

MIRISHKOR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDAGI

NIZOM

1. Umumiy qoidalar

1.1. Axborot (matbuot) xizmati (keyingi oʻrinlarda Xizmat deb ataladi) ijroiya hokimiyati (bundan keyin — hokimiyat) organi apparatining tuzilmaviy boʻlinmasi hisoblanib, bevosita Mirishkor tuman hokimiga boʻysunadi.

1.2. Xizmatning faoliyati joylarda hokimlikning axborot ochiqligini, fuqarolar va tashkilotlarning oʻz faoliyatlari haqida axborot olish huquqlarini taʼminlashga chaqirilgan.

1.3. Xizmat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

1.4. Xizmat oʻz vazifalarini hal qilish uchun davlat boshqaruvi yuqori organi, tuman hokimligining va tuzilmaviy boʻlinmalari hamda respublikaning boshqa vazirlik va idoralari tegishli xizmatlari bilan birgalikda harakat qiladi.

2. Xizmatning asosiy vazifalari

Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

2.1. Hokimlik rahbariyati tomonidan belgilab beriladigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

2.2. Hokimlik faoliyatining axborot taʼminoti.

2.3. Milliy ommaviy axborot vositalarida hokimlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning chop etilishini taʼminlash.

2.4. Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida hokimlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish.

2.5.Internet tarmogʻida hokimlik veb-resurslarini tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash.

2.6. Ommaviy axborot vositalari monitoringini oʻtkazish, oʻzgartirish tendensiyalar tahlili, shuningdek, jamoatchilik fikri taʼsirini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarining hokimlik faoliyatiga munosabatini baholash;

2.7. Ommaviy axborot vositalari orqali hokimlik faoliyati haqida jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish, mintaqalarda ijtimoiy -iqtisodiy va siyosiy islohotlar jarayonini xolis yoritish.

 

3. Xizmatning funksiyalari

Xizmat oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

3.1. Hokimlik faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, rejalashtirish va amalga oshirish.

3.2. Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni tayyorlash va tarqatish (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va h.k)

3.3. Milliy va xorijiy nashrlarda hokimlik faoliyati, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish borasida bosma materiallar tayyorlash va chop etish, telekoʻrsatuv va radio eshittirish chiqarish.

3.4. Jurnalistlarning doimiy va bir martalik akkreditatsiyasini amalga oshirish.

3.5. Hokimlik vakillarining ommaviy axborot vositalarida chiqishlari jadvalini tuzish.

3.6. Hokimlik rahbariyati va xodimlarining matbuot konferensiyalari, brifinglar, intervyu va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan boshqa uchrashuvlarini tashkil etish va qatnashish.

3.7..Hokimlik faoliyatini mumkin qadar toʻliq va xolis yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar bilan birgalikda hamkorligini muvofiqlashtirish .

3.8. Hokimlik faoliyati masalalari borasida jamoatchilik fikri hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining nuqtai nazarini oʻrganish yuzasidan tahliliy ish olib borish, hokimga hisobot berish uchun dolzarb maqolalar sharhlarini tayyorlash.

3.9. Ommaviy axborot vositalarida hokimlik faoliyatiga doir haqiqatga mos kelmaydigan va (yoki) yuridik jihatdan asossiz hisoblangan axborotni eʼlon qilishga tezkor munosabat bildirish, mazkur maqolalarga rasmiy javoblar loyihalarini tayyorlash.

3.10. Hokimlikning boshqa boʻlinmalari bilan hamkorlikda xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni yigʻish va uni ishlash.

3.11. Ommaviy axborot vositalari va aholi bilan axborot-maʼlumot ishlari olib borish uchun tuman hokimligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy, statistika va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan  maʼlumotlar bankini tashkil etish.

3.12. Internet tarmogʻida rasmiy veb-sayti (www.mirishkorpress.uz)ni tashkil etish va uni hokimlik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallar bilan toʻldirish.

3.13. Hokimlik faoliyati haqida matnlar, foto va videomateriallar  arxivini shakllantirish va saqlab borish;

3.14. Hokimlik rahbariyati uchun xizmat vakolati doirasiga kiradigan masalalar borasida tahliliy va axborot-maʼlumot materiallarini tayyorlash, axborot xizmati xodimlari malakasini oshirish haqida takliflar tayyorlash.

3.15. Xizmat oʻz vakolati doirasida milliy va xorijiy agentliklar va ommaviy axborot vositalarining hokimlik faoliyatiga doir materiallar tayyorlash, foto, audio va videosʼyomkalar oʻtkazishda koʻmak koʻrsatish haqidagi ariza hamda soʻrovlarini koʻrib chiqadi. 

 

4. Xizmatning huquqlari

Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

4.1. Tuman hokimligining boshqa boʻlinmalari, quyi tashkilotlaridan oʻz vazifa va funksiyalarini bajarish uchun axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;

4.2. Hokimlikning yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

4.3. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun rahbariyat bilan kelishgan holda hokimlikning boshqa boʻlinmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;

4.4. Belgilangan tartibda boshqa idoralarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish;

4.5. Rahbariyatning topshirigʻiga koʻra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha  hokimlik nomidan vakillik qilish;

4.6. Oʻz vakolatlari doirasida bosma va elektron  nashrlarni nashr etish;

4.7. Rahbariyat koʻrib chiqishi uchun hokimlikning axborot siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar va xizmat faoliyati masalalariga doir meʼyoriy hujjatlar loyihalarini kiritish.

4.8. Belgilangan tartibda davlat aloqa tizimlari, kommunikatsiyalari va axborot resurslaridan foydalanish, jumladan, hokimiyatning boshqa boʻlinmalari axborot resurslaridan ustuvor tartibda foydalanish.

5. Xizmat faoliyatini tashkil etish

5.1. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga koʻra tuman hokimi tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.

5.2. Xizmat faoliyati hokim tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.

5.3. Xizmatga tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi. Xizmat rahbari bevosita hokimga boʻysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi.

Xizmat rahbari:

5.4. Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

5.5. Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;

5.6.Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni taʼminlaydi, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

5.7. Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

5.8. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga koʻra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

5.9. Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish hokimlikning tarkibiy boʻlinmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

6. Javobgarlik

Xizmat rahbari va boshqa xodimlari qonunchilikka muvofiq, quyidagilar uchun  shaxsan javobgardir:

6.1. Mazkur Nizomga muvofiq taqdim etilgan vakolatlarni hisobga olgan holda, xizmatga yuklatilgan vazifalarni bajarish, shuningdek, zarur hollarda mazkur vakolatlardan foydalanmaslik.

6.2. Ommaviy axborot vositalariga taqdim etiladigan rasmiy materiallarning ishonchliligi.

6.3. Ommaviy axborot vositalari uchun  tayyorlanadigan materiallarni uzatishning tezkorliligi.

QIDIRUV

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar: 35 (100%)
Ko‘rib chiqilgan: 32 (91%)
Ko‘rib chiqilmoqda: 3 (9%)
FOTOLAVHALAR
JOYLASHUV
KALENDAR
Июнь 2023
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930