Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Azimjon Nazarov va Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi Azizbek Tursunovlar boshchiligida tumanda katta hashar boshlandi.

Mirishkor tumani «Mirishkor» hududida joylashgan uzunligi 9,4 km boʻlgan, 2,5 ming gektar fermer xoʻjaligi maydonlari hamda aholi tomorqalarini sugʻorishga xizmat qiluvchi “UR-6” ichki xoʻjalik suv tarmog‘ining 2 km qismi hashar yoʻli bilan loyqadan tozalandi.

«Ushbu hasharda Mirishkor tumani irrigatsiya boʻlimi va boʻlim qoshidagi maxsus xizmat xodimlari faol ishtirok etishdi», — Sherzod Safarov, tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi.