O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul» ekanligi belgilab qo’yilgan.

Ushbu mas’uliyatning amaldagi ijrosi mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Mirishkorda ham haftaning har dushanbasi fuqarolarning Oliy qomusda belgilangan huquqlarini ta’minlash, ularning mushkulini oson qilish maqsadida fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.

Bugun erta tongdan tuman hokimi Sherali Sanayev rahbarligida sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tmoqda.