2021 yilning sentyabr oyida Pomuq shaharchasida amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari doirasida «Tinchlik» mahallasining binosining taʼmiri uchun 265 mln soʻm ajratilib, kapital taʼmirlandi.

Bugun erta tongdan ushbu mahalla binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda soʻzga chiqqan «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat boʻlim boshqaruvi raisi Nurali Mahmatov, 3-sektor rahbari Musurmon Boʻriyev va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Xurshid Sharopovlar Vatan ichra Vatan hisoblangan mahallarning gullab-yashnashi, obod va goʻzal qiyofa kasb etishi yurt ertasi, istiqboli va taraqqiyoti goʻzalligi bilan chambarchas bogʻliqligi haqida taʼkidlashdi.

Tadbirda «Tinchlik» mahalla raisi Elmurod Yamgʻurovga mahalla binosi uchun «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat boʻlimining qimmat baho sovgʻalari topshirildi.