Pomuq shaharchasi «Tinchlik» mahallasi raisi va faollari tuman hokimligi hamda 3-sektor hamkorligida mustaqilligimizning 31 yilligiga bagʻishlab, «Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida mahalla fuqarolari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida mahallaning tashabbuskor tadbirkorlari hamkorligida 7 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning 7 nafar farzandini xatna toʻyi qilib berildi.

Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Tursunov, 3-sektor rahbari Musurmon Boʻriyev, hokimning birinchi oʻrinbosari Xurshid Sharopov, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Azamat Vakilov va boshqalar ishtirok etishdi.