Assalomu alaykum, mehribon shifokorlar va tibbiyot sohasining fidoyilari!

Gʻoyat masʼuliyatli va mashaqqatli kasb egalarini “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat paydo bo’libdiki, dardga chalinganda, xastalik xurujlarida, avvalo Siz azizlardan najot kutadilar, dardlariga davo istaydilar.

Salomatlik posbonlari xalq bilan birga bo‘lib, har bir aholining xonadonlariga tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini olib kirib, ularning dardiga shifo, qalbiga malham bo‘lmoqdalar.

Qadrli shifokorlar!

Kasbingizda sharaf va mas’uliyat birdek ekanligi bois jamiyat hayotidagi beqiyos o’rningizni e’tirof etgan holda Siz azizlarni “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, mehnat jamoalaringiz va xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka, salomatlik yo’lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Sherali Choriyevich Sanayev,
Mirishkor tuman hokimi