Joriy yilgi paxta yig’im-terimi mavsumi oldidan tuman hokimi boshchiligida terim ishlarini uyushqoqlik bilan o’tkazish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o’z vaqtida va sifatli yig’ib-terib olish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olish, terimchi va hasharchilarga yetarli shart-sharoit yaratish va mehnatga haq to’lash masalalari yuzasidan muhim vazifalar belgilab olingandi.
«Yig‘im-terim ishlari boshlangan kundan mas’ul soha vakillari bilan terimchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, bank xodimlari bilan hamkorlikda mehnatga haq to‘lash ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda«, — Shuhrat Nashirov.
Mazkur fotosurat «Amir Temur» massivi paxta dalalarida terimchilarga pul tarqatish jarayonidan olingan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda tumandagi 1036 ta fermer xoʻjaliklari 19,1 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirishgan.