Muhammadjonov Bahodir Muhammadjonovich Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi – koʻp tarmoqli markaziy poliklinika mudiri etib tayinlandi.

B. Muhammadjonov Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Qarshi shahar markaziy shifoxonasi shifokor-intern, Qarshi shahar 1-sonli shifoxonasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialida terapevt-vrach, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, viloyat narkologiya dispanseri bosh vrachi kabi masʼul vazifalarda ishlagan.

U shu paytgacha Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi – koʻp tarmoqli markaziy poliklinika mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.