Tajriba amaliyotda sinaladi.

Qashqadaryo viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabining 2022 yil 28-martdagi buyrugʻiga asosan Mirishkor tumandagi 38-sonli maktabida «Mayda plastika» toʻgaragi yoʻnalishida «Tajriba amaliyotda sinaladi» mavzusida viloyat seminari boʻlib oʻtdi.

Viloyat miqyosida 12 nafar «Mayda plastika» toʻgarak rahbarlari va uslubchilari ishtirok etdi. Seminarni Mirishkor tuman XTB mudiri B.Shodiyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Mirishkor tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori Z.Imomov maktab faoliyat haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Viloyat «Barkamol avlod» bolalar maktabi uslubchisi N.Narziyeva trening jarayoni, maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berdi.