Jinoyat ishlari boʻyicha Mirishkor tuman sudi tomonidan 2023 yil mobaynida davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining ko’plab qarori noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan.

Misol uchun, Mirishkor tuman soliq inspeksiyasining 2023 yil 15-iyundagi QASH-2324002202383-raqamli qarori bilan J.Nurmamatovga O’zbekiston Respbulikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, ya’ni 3.000.000 so’m jarima jazosi tayinlangan.

Ish hujjatlariga ko’ra, J.Nurmamatov Mirishkor tumanidagi “Navoiy Vek” nomli masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari vazifasida ishlab kelib, MCHJning 2023 yil fevral oyi uchun soliq hisobotini o’z vaqtida soliq idorasiga taqdim etmagan deb hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo’yicha Mirishkor tuman sudining 2023 yil 13-dekabr kungi qaroriga ko’ra, Mirishkor tuman SIning 2023 yil 15-iyundagi QASH-2324002202383-raqamli qarori bekor qilinib, J.Nurmamatovning harakatida O’zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati mavjud emasligi sababli, ish MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan yuritishdan tugatilgan.