Mirishkor tumanda 2021 yil I-II-chorak uchun byudjetga 15,3 mlrd.soʻm prognozi: ijrosi haqiqatda 19,2 mlrd.soʻm yoki 125,4 foizga bajarilib hozirgi kunga qadar 3,9 mldr.soʻm qoʻshimcha tushirildi.
Mahalliy byudjetga joriy yilning 1-iyul kuniga qadar 2021 yil aprel oyi uchun belgilangan 2,9 mlrd.soʻm byudjet prognozi oy yakuni bilan 3,6 mlrd.soʻmga yoki 124,0 foizga bajarildi.
Shuningdek, 2021 yilning may uchun belgilangan 2,6 mlrd.soʻm byudjet prognozi oy yakuni bilan 2,9 mlrd.soʻmga yoki 112,7 foizga bajarildi.
Oʻz navbatida, 2021 yilning 2-choragi uchun byudjetga belgilangan 8,5 mlrd.soʻm reja, chorak yakuni bilan 10,5 mlrd.soʻmga yoki 123,0 foizga bajarilib, byudjetga qoʻshimcha 2,0 mlrd.soʻm mablagʻ jalb qilinadi.
Jumladan:
Yuridik shaxslarning 2021 yil 01 yanvar holatidagi undirilishi umidli boʻlgan soliq qarzini undirish hisobiga 0.1 mlrd.soʻm;
Kameral soliq tekshiruvi natijasida byudjetga qoʻshimcha soliqlar hisoblash va undirish hisobiga 0.2 mlrd.soʻm;
Shundan:
2021 yil 1 fevraldan boshlab ish haqlarni 10 foizga oshishi hisobiga undiriladigan mablagʻlar 0.5 mlrd.soʻm;
Iqtisodiyot sektorida norasmiy tarzda ishlayotgan ishchi va xizmatchilarning faoliyatini qonuniylashtirish hisobiga 0.1 mlrd.soʻm;
Yangi loyihalarni ishga tushirish va soliq bazasini kengaytirish hisobiga 0.1 mlrd.soʻm;
Faoliyat koʻrsatmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obʼektlarning mulkdorlariga taʼsirchan soliq rejimini qoʻllash hisobiga 0.2 mlrd.soʻm;
Jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkasini oʻtgan yilga nisbatan 15 foizga oshirish hamda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini hisobga olish orqali yer soligʻi tushumini koʻpaytirish hisobiga 0.2 mlrd.soʻm;
Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soligʻidan boʻlgan qarzdorliklarni undirish hisobiga 0.5 mlrd.soʻm;
Boshqa manbalar hisobidan 0,1 mlrd.soʻm qoʻshimcha mablagʻlar jalb etiladi.