Mirishkor tumani 4-sektori hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar toʻgʻrisida tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Oymahmedov Hamidullo Murodullayevichning tuman faollariga murojaati
Assalomu alaykum hurmatli faollar!
Xabaringiz bor, joriy yil 24-oktyabr kuni Davlatimiz Rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda har bir rahbar, jumladan tuman sektor rahbarlari oldiga muhim vazifalarni amalga oshirish topshirigʻi berildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, men sizlarga yil yakuniga qadar tumanda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida hisobot bersam.
Mirishkor tumanida, xususan menga biriktirilgan 4-sektor hududida ishsiz aholini bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
Bugungi kunda 4-sektorda 8ta mahalla 4526 ta xonadon,5465 ta oilalarmavjud boʻlib, shundan 12501nafar ayollarva12050nafari erkaklarni tashkil etadi. shundan845nafari kam daromadli oilalar hisoblanadi. Aholi soni 24551 nafarni, shundan mehnat resurslari12 215 nafarni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi yaʼni mehnat qilishga tayyoraholiqariyb10174nafarni tashkil etadi.
Ulardan 21075nafari yoki (85,8 foiz)ish bilan band. Yil boshida ishsizlar soni 1 150nafarni, ishsizlik darajasi 9,4foizni tashkil etgan edi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyat va dastaklardan foydalanib, oʻtgan9oy yakuni bilan ishsizlarning
935 danortigʻi doimiy daromadli mehnat bilan bandligi taʼminlandi.
Jumladan,
Ijtimoiy daftarlar boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolariga 154.5mln.soʻmlik subsidiya mablagʻlari hisobidan asbob-uskunalar olib berilib, 68nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.
Hisob-kitoblarlarga koʻra, sektor hududida kambagʻallik darajasi 2,5foizni tashkil etadi.
INVESTITSIYA
Sektorda joriy yil yanvar-oktyabr oylarida jami15mlrd500mln.soʻmlik(shundan: 4mlrd800mln.soʻm oʻz mablagʻi, 10mlrd700mln.soʻm bank krediti)2ta loyiha amalga oshirilib, 18 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
(“Toshatov Normumin” FX 14.5mlrd.8 ish oʻrni rejalashtirilgan bulsa amalda 15 nafar yaratildi.
“Madinabonu sifat maxsulotlari” MCHJ 1.0mlrd.3 ish oʻrni)
Bugungi kunga kelib sanoat korxonalarning soni 17taga yetdi yoki oxirgi besh yilda2,0barobarga koʻpaydi.
Xizmat va savdo obyektlari soni 2,5barobarga oshdi. Ayniqsa, Guliston va Chandir mahallalarida tadbirkorlar soni kun sayin ortib bormoqda.
Yil yakuniga qadar jami 25.0mlrdsoʻmlik(shundan: 20mlrd.soʻm oʻz mablagʻi, 5mlrdsoʻm bank krediti) mablagʻlari hisobiga 1ta qoʻshimcha loyihalar amalga oshirilib, natijada 10ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Elektr energiya taʼminotini yaxshilash boʻyicha sektorda 318,0mln.soʻm mablagʻga 3ta transformator, 120donabeton ustun hamda 3,2km havo liniyasi tortildi.5,2mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 8,5km ichki yoʻllar asfaltlashtirildi.4,5km yoʻl shagʻallashtirildi. 4,7mlrd.soʻmga2ta MFYda DMTT (Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti) va QVP (qishloq vrachlik puntkti) taʼmirlandi. 1,8mlrd.soʻmga 2 km ichimlik suv liniyasi tortildi1 ta suv saqlash ombori qayta taʼmirlandi.
JINOYATCHILIK.
Joriy yilning oʻtgan davrida 4-sektor hududida 5ta jinoyat sodir etilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish qayd etilmagan.
Har bir mahallada jamoatchilik nazorat maskani tashkil etilib jinoyatlarni jilovlash va oldini olishga erishildi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat ichki ishlar va prokuratura organlarining vazifasi balki umuman jamoatchilik vazifasiga aylanishi lozim.
Yuqoridagilarga koʻra, bugundan boshlab Siz bilan birgalikda asosiy eʼtiborni jinoyat oqibati bilan kurashishga emas, balki uning sodir etilishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni bartaraf etishga qaratishimiz lozim.
Jinoyat sodir boʻlgani toʻgʻrisidagi murojaat va xabarlarni kutib oʻtirmasdan, joylarda xalq bilan muntazam muloqot asosida uning oldini olish kundalik ishimizga aylanishi lozim.
Hurmatli yigʻilish qatnashchilari!
Tumanda byudjet tushumlari ijrisi boʻyicha hisobot bersam
1. 2023-yil byudjet rejasi boʻyicha
2023-yilbyudjet prognozi47.1 mlrd.soʻmga belgilangan boʻlib, amalda 35.6 mlrd.soʻmga yoki 75.4 foizga bajarilmoqda. Ushbu reja yil yakuni bilan 50,5 mlrd.soʻmga yoki rejaga nisbatan 3.4 mlrd.soʻm koʻp mablagʻ jalb qilinadi.
2. 2023-yil 9 oyliklik boʻyicha
2023-yil9 oylikbyudjet prognozi33.0 mlrd.soʻmga belgilangan boʻlib, amalda 35.6 mlrd.soʻmga yoki 107.7 foizga bajarilib, rejaga nisbatan 2.5 mlrd.
soʻm koʻp mablagʻ jalb qilindi va tushumlar oʻtgan yiling mos davriga (2022-yil 9 oyda 31.3 mlrd.soʻm) nisbatan 4.3 mlrd.soʻmga yoki 113.7foizga oshdi.
Mahalliy byudjet
2023-yil9 oylik mahalliy byudjet prognozi103.1 mlrd.soʻmga belgilangan boʻlib, amalda 105.9 mlrd.soʻmga yoki 103 foizga bajarildi hamda mahalliy byudjetga qoʻshimcha 2.9 mlrd.soʻm mablagʻ jalb qilindi.
2023-yil 3-chorak boʻyicha (Byudjet)
2023-yil3-chorak byudjet prognozi10.1 mlrd.soʻmga belgilangan boʻlib, amalda 10.3 mlrd.soʻmga yoki 101.2 foizga bajarilib, rejaga nisbatan 0.1 mlrd.soʻm koʻp mablagʻ jalb qilindi.
2023-yil 3-chorak boʻyicha (mahalliy byudjet)
2023-yil3-chorak mahalliy byudjet prognozi30.6 mlrd.soʻmga belgilangan boʻlib, amalda 37.4 mlrd.soʻmga yoki 122 foizga bajarildi hamda mahalliy byudjetga qoʻshimcha 6.7 mlrd.soʻm mablagʻ jalb qilindi.
Soliq idoralarini nazorat funksiyalarini takomillashtirish hamda nazorat tadbirlari natijasida 2023-yil 3-chorakda 6 ta subyektga sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib 22,5 mln.soʻm jarima qoʻllanilib byudjetga undirildib olindi.
Bundan tashqari yil davomida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 218 nafar tadbirkorlik subyektining 235 ta muammolari oʻrganilib, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni toʻldirish va topshirish kabi 235 tadan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari koʻmagida hal etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qaroriga asosanMirishkor tumanida oʻz-oʻzini band qilgan fuqarolar 5779 tani tashkil qiladi.