Majburiy ijro byurosi Mirishkor tuman boʻlimi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan soliq qarzdorliklarini undirish boʻyicha jadal ishlar olib borilmoqda.

— Jumladan, yil boshidan boʻlim ish yurituvidagi 4801 ta 95 mlrd. soʻmlik ijro hujjatlari tamomlandi.

— Soliq inspeksiyasi foydasiga 53 mlrd. soʻm undirib berildi.

Shuningdek, boʻlim xodimlari tomonidan soliq qarzdorliklarini toʻlashdan boʻyin tovlagan qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash choralari koʻrilmoqda.

Xususan, “Avazchoʻl asl chorva” MCHJning Mirishkor tuman soliq inspeksiyasining 3 ta qarori boʻyicha 26 mln. soʻm qarzdorligi mavjud edi.

Joriy yilning 24-noyabr kuni oʻtkazilgan tadbirlar jarayonida qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, jamiyat raisining boshqaruvida boʻlgan “Land Cruiser Prado” rusumli avtotransport vositasi xatlab olindi. Shundan soʻng, qarzdorlik tashkilot rahbari tomonidan bir necha soatlar ichida bartaraf etildi.

Boʻlim tomonidan qarzdorliklarni undirish yuzasidan tadbirlar davom ettirilmoqda.