Majburiy ijro byurosi Kitob tuman boʻlimi tomonidan oʻz farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan otalarga nisbatan tegishli taʼsir choralari koʻrib borilmoqda.

Jumladan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudining 2016 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Mavlanovdan undiruvchi N.Najmiddinovaning foydasiga 2 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Qarzdor 2020 yilning 1 iyul kunidan boshlab aliment pullarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelganligi oqibatida, qarzdorlik 11 mln. 723 mln. soʻmga yetgan. A.Mavlanovning uyiga davlat ijrochisi bir necha marotaba borgan ammo u ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganligi sababli, 2021 yilning 12 mart kuni unga nisbatan boʻlim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.

Oradan salkam 5 oy vaqt oʻtib topilgan qarzdor, aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovladi. Natijada unga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Kitob tuman sudi tomonidan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.