Bunda, jarayonlarning dastlabki bosqichidan ovoz berish bosqichigacha boʻlgan davrda viloyat boʻyicha 4496 ta takliflar bildirilgan boʻlib, shundan 2696 tasi ovoz berishda ishtirok etgan holda yakunda 186 ta takliflar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Oʻz navbatida, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yaʼni, eng koʻp ovoz toʻplagan takliflarni moliyalashtirishda joriy yilning 1 fevral holatiga koʻra «Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi»da 18086,6 mln. soʻm qoldiq soʻmma boʻlib, shundan soʻng jamgʻarmaga 83928,3 mln. soʻm (shundan 14886,1 mln. soʻmi mahalliy byudjetdan, 69042,2 mln. soʻmi 2022 yil byudjet parametri hisobidan shakllangan) mablagʻ oʻtkazilgan holda hozirgi paytda jamgʻarmadagi qoldiq soʻmma 102014,9 mln. soʻmni tashkil etmoqda.
Shuningdek, bu yilgi jarayonlarning yana bir natijalariga koʻra gʻolib boʻlgan takliflarning umumiy qiymati 102331,8 mln. soʻmni tashkil etib, ularga jami 375221 ta ovozlar berilgan boʻlsa umumiy ovozlar soni 563390 tani tashkil etgan.
Yana bir statistika, oʻtgan yili tashabbuskorlar tomonidan 2404 ta taklif bildirilgan boʻlib, shundan 107 tasi gʻolib deb topilgan va unga 78005 ta ovoz yigʻilgan. Umumiy ovozlar soni esa 91296 tani tashkil qilgan.
Viloyat Moliya boshqarmasi maʼlumoti.