Mirishkor tuman hokimi maslahatchisi Zamira Mamanazarova pomuqlik Rajabboy Hoji bobo bilan biroz suhbat qurdi.
Pomuqlik Rajabboy Hoji 1957 yilda dunyoga kelgan. Yillar davomida haydovchilik, maktabda qorovulchilik, boʻsh vaqtlarida tomorqada dehqonchilik bilan shugʻullanib farzandlarini halol luqma bilan katta qilganlar.
Hozirda 6 ta nevaraning sevimli bobosi. Rajabboy bobo qariyb 21 yildan beri Allohga tavakkal qilib, Respublikamizning qadimiy inshootlarini ziyorat qilgani piyoda yoʻlga otlanganlar.
So‘ngi yillarda quyidagi manzillarni piyoda yurib, ziyorat qilgan:
2018 yilda Xivadagi Mahmud Pahlavon, Hazrati Dovud ziyoratgohi, Samarqand Registon maydoni, Samarqand Shohi Zinda majmuasi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi,
2019 yilda Kitob tumani Hazrati Bashir ziyoratgohi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani Sultonvays ziyoratgohi, Surxondaryo viloyati Imom at-Termiziy ziyoratgohi, 2020 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qori qalʼasi ziyoratgohi, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi, 2021 yilda Hazrati Bahouddin Naqshband ziyoratgohi, Shahrisabz shahri Oqsaroy majmuasi hamda Xorazm viloyati Buyrachida joylashgan Komiljon Otaniyozov qabristoni hamda boshqa qadamjolarni ziyorat qilganlar.