«Ayni vaqtda 4 ta sektor rahbarligidagi maʼmuriy boshqaruv ish faoliyatida tuman hokimi boshchiligidagi 1-sektor hududida 17 ta mahalla fuqarolar yigʻini, tuman prokurori boshchiligidagi 2-sektor hududida 4 ta fuqarolar yigʻini, tuman ichki ishlar boʻlimi rahbari boshchiligidagi 3-sektor hududida 11 ta mahalla fuqarolar yigʻini va tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi 4-sektor hududida 8 ta mahalla fuqarolar yigʻini tarkibiy tasniflangan holda faoliyat olib borilmoqda», — Xurshid Sharopov, hokimning birinchi o‘rinbosari.

Soʻnggi vaqtlarda sohaviy qoʻshimcha ish yuklamalari va joylardagi aholining qonuniy talab va ehtiyojlari borasida sektor rahbarlariga murojaatlar soni ortib borayotganligi, tuman aholisining qariyb 70 foizi aynan 1-sektor hududidagi 17 ta mahallalarda joylashganligi, tuman maʼmuriy markazi boʻlgan Yangi Mirishkor MFYda jinoyatchilik va huquqbuzarlik sohasida kriminogen vaziyat oshganligi sababli qizil hududga tushib qolganligi, 2023 yilda tuman markazi “Obod mahalla” Davlat Dasturi doirasida bir qator obodonchilik ishlari doirasida davlat byudjetidan katta miqdorda maqsadli mablagʻlar ajratilishini inobatga olib, 2-sektor hududida bir muncha kam sonli yaʼni 4 ta fuqarolar yigʻinlari kiritilganligi sababli 2-sektor hududiga qoʻshimcha ravishda tuman markazidagi «Yangi Mirishkor», «Mirishkor» va «Oqmachit» mahalla fuqarolar yigʻinlarini biriktirish toʻgʻrisida takliflar bildirildi.

Ushbu taklif Kengash deputatlari tomonidan bir ovozda maqullandi.