Mirishkor tumani hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar toʻgʻrisida tuman prokurori, 2-sektor rahbari Nazarov Sardor Azamatovichning tuman faollariga murojaati
Assalomu alaykum, qadrli mirishkorliklar!
Xabarlaringiz bor, yaqinda muhtaram Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, aholi turmush darajasini koʻtarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar bevosita tanishdilar.
Tashrif yakunida barcha darajadagi rahbarlarga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar birma — bir koʻrsatib oʻtilib, oldimizda turgan vazifalar va ularning yechimi yuzasidan aniq tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Shundan kelib chiqqan holda, men rahbarlik qilayotgan Mirishkor tumani 2-sektori hududida aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilikka qarshi kurash yuzasidan yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida qisqacha hisobot bersam.
Sektor hududida ishsiz aholining bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olganmiz.
Mirishkor tumani 2-sektorida:
— birgina joriy yilning 10 oyida 80 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil qilindi;
— oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida qariyb 6,6 mlrd soʻmlik 270 ta kreditlar ajratildi;
— 13 ta loyihalar amalga oshirilib, 20 ta yangi ish oʻrni yaratildi;
— 383 nafardan oshiq fuqarolarga dehqon xoʻjaligi tashkil qilish uchun 527 gektar yer maydoni ajratildi.
2-sektor hududidagi 7 ta mahallada 4460 ta xonadon, 5373 ta oila boʻlib, shundan 224 tasi kam daromadli oilalar hisoblanadi.
Kam daromadli oilalarni yanada kamaytirish rejasini qilib olganmiz.
Buning uchun avvalo aholiga doimiy daromad manbai yaratib berilishi, shu jumladan ishga joylashtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Hozirda sektorimiz hududida istiqomat qiluvchi aholi 24,1 ming nafar, shundan mehnat resurslari 12,1 ming nafarni, 11.0 ming nafari ish bilan band.
Yil boshida ishsizlar soni 2683 nafarni, ishsizlik darajasi 11,2 foizni tashkil etgan edi.
Yaratib berilgan imkoniyat va dastaklardan foydalanib, oʻtgan 10 oyda 2536 nafar aholining bandligi taʼminlandi.
Maʼlumot uchun:
1. Investitsiya loyihalari va hokim yordamchilari tomonidan ishga tushirilgan kichik loyihalar hisobiga –58 nafar;
2. Qishloq xoʻjaligi dasturlari, shu jumladan dehqon xoʻjaligiuchun yer maydoni ajratilishi hisobiga – 383 nafar;
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil qilish,subsidiya asosida mehnat qurollari berish hisobiga – 104 nafar;
4. Xizmat koʻrsatish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga – 217 nafar;
5. Doimiy ish joylariga joylashtirilganlar – 1 099 nafar;
6. Oʻzini-oʻzi band qilish orqali – 675 nafar;
Albatta, bu ishlarni tashkil etishda “mahalla beshligi”ning hissasi katta boʻlmoqda.
Ular uyma-uy yurib, aholining ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, kasb-hunarga oʻqish kabi hohish istaklarini aniqlab, shu asosda ishlarini tashkil qilishgan.
Bugungi kunda sektorda ishsizlar soni 771 nafarni tashkil etib, ishsizlik darajasi 11,2 foizdan 2,7 foizga tushirildi.
Hozir bizda qolgan 771 nafar ishsizlarning manzilli roʻyxati, kasbi, mutaxassisligi, yoshi va istaklari boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirib oldik.
Yil yakuniga qadar yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib ishsiz aholini bandligini toʻliq taminlash choralarini belgilab olganmiz.
2022/2023 quv yilida 199 nafar bitiruvchilar tamomladi.
(Maʼlumot uchun, 122 nafari oliy oʻquv yurtlariga, 66 nafarining bandligi taʼminlangan va 11 nafari professional taʼlimga jalb etilib, bandligi 100 foiz taʼminlangan).
Ishsiz aholini toʻliq daromadli mehnat bilan taʼminlash uchun imkoniyatlarimiz yetarli. Jumladan:
1. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari,loyihalar doirasidagi imtiyozli kreditlarva kasanachilikni yoʻlga qoʻyish hisobiga
133 nafar aholining bandligi taʼminlanadi;
2. Aholini tadbirkorlik va oʻzinioʻzi band qilishi uchun subsidiya asosida mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilib 24 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanadi;
3. Investitsiya dasturi doirasida yangi loyihalar hisobiga
10 nafar fuqarolar band qilinadi;
4. Mahallalarda kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish mikroloyihalarini ishga tushirish, yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etish hisobiga 28 nafar aholi band qilinadi;
5. Oʻzini-oʻzi band qilish orqali – 540 nafar;
6. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, jumladan yuqori daromadli kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hisobiga 36 nafar aholi bandligi taʼminlanadi;
Investitsiya loyihalari boʻyicha:
Hududiy ivestitsiya dasturi ijrosini taʼminlash yuzasidan 2023-yilda qiymati 545,9 mlrd. soʻmlik jami 18 ta loyihalarni ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 645 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.
Shundan;
-Qishloq xoʻjaligi sohasida: umumiy qiymati 8,0 mlrd soʻm boʻlgan, jami 2 ta loyixalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 8 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan;
-Sanoat soxasida; umumiy qiymati 524,9 mlrd soʻm boʻlgan, jami 10 ta loyixalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 603 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan;
-Xizmat koʻrsatish yoʻnalishida: umumiy qiymati 13,1 mlrd soʻm boʻlgan, jami 6 ta loyixalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 34 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Shundan, amalda 2023-yil yanvar – oktyabr oylarida 38,7 mlrd. soʻmlik jami 8 ta loyihalar ishga tushirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 60 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Jumladan:
— Qishloq xoʻjaligi sohasida umumiy qiymati 8.0 mlrd soʻm boʻlgan, jami 2 ta loyixalar ishga tushirilishi natijasida 8 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
— Sanoat soxasida umumiy qiymati 24.7 mlrd soʻm boʻlgan, jami 3 ta loyixalar ishga tushirilishi natijasida 36 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
— Xizmat koʻrsatish soxasida; umumiy qiymati 6,1 mlrd soʻm boʻlgan, jami 3 ta loyixalar ishga tushirilishi natijasida 16 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Joriy yil yakuniga yakuniga qadar Hududiy investitsiya dasturlari ijrosiga binoan qiymati 507,2 mlrd. soʻmlik jami 10 ta loyihalarni ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 558 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.
Shundan;
— Sanoat soxasida; umumiy qiymati 500,0 mlrd soʻm boʻlgan, jami 7 ta loyixalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 540 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan;
— Xizmat koʻrsatish yoʻnalishida; umumiy qiymati 7,0 mlrd soʻm boʻlgan, jami 3 ta loyixalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyixalar ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Jumladan:
“Litai Textile Overseas” MCHJ tomonidan yillik quvvati 25 ming tonna boʻlgan Paxtani qayta ishlash zavodi tashkil etish loyihasi. Loyihaning umumiy qiymati 4.5 mln dollar. Loyiha doirasida 150 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Loyiha 2023–yilning noyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
“Temur Hamkor Plast” MCHJ tomonidan yillik quvvati 6 ming tonna boʻlgan Tomat pastasi ishlab chiqarish loyihasi loyihasi. Loyihaning umumiy qiymati 2.0 mln dollar. Loyiha doirasida 60 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Loyiha 2023 – yilning 15 – noyabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
“Mir Eltechnika” MCHJ QK tomonidan yillik quvvati 2 ming dona boʻlgan Transformator ishlab chiqarish loyihasi (1–bosqich). Loyihaning umumiy qiymati 4,0 mln dollar. Loyiha doirasida 90 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Loyiha 2023–yilning noyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu Loyiha Rossiyaning OOO “Torum” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 dekbrdagi PQ-459-son sonli qarori ijrosini yuzasidan tumanga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish 2023-yilning 9 oyida jami 11,6 mln AQSH dollari mikdorida rejalashtirilgan boʻlib, amalda yanvar sentyabr oylarida 12.8 mln dollarga bajarildi.
Joriy yilning 4-choragida “Mirishkor Rifa Tekstil” MCHJ tomonidan “Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi boʻyicha 500 ming dollar va “Mir Eltechnika” MCHJ XK tomonidan “Transformator ishlab chiqarish” loyihasi boyicha qoʻshimcha 700 ming dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtiriladi.
3. Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida.
Maʼlumot uchun:
Rossiya Federatsiyasi
1) Xozirgi kunda, Rossiya Federatsiyasining Perm Oʻlkasi bilan, 2023-yil yakunigacha,“Torum” kompaniyasi tomonidan tumanda 10 mln dollarlik, 90 ta ish oʻrniga ega bulgan “Mir Eltechnika” MCHJ XK tomonidan “transformatorlar ishlab chiqarish” zavodini ishga tushiriladi;
2) “ELKA-KABEL” kompaniyasi tomonidan umumiy kiymati 12 mln dollar bulgan kabel ishlab chiqarish zavodini tshkil etish;
(Loyixa 2024-yilning 1 choragida ishga tushiriladi. Loyixa ishga tushishi munosobati bilan 150 ta yangiish oʻrinli tashkil kilinadi,
4. Eksport
Joriy yilning yanvar –oktyabr oylarida “MIRISHKOR RATEKS TEKSTIL” MCHJ tomonidan 884,0 ming dollar, “Litai Textile Overseas” MCHJ tomonidan 1 536,0 ming dollar mikdorida eksport amalga oshirilgan.
JINOYATCHILIK HOLATI:
Joriy yilning 10 oyida sektor hududida oldini olish mumkin boʻlgan 75 ta jinoyat sodir etilgan.
Jumladan, “Yangi Mirishkor” mahallasida 24 ta, “Mirishkor” maxallasida 13 ta, “Obod” QFYda 18 ta, “Navbaxor” QFYda 4 ta, “Boʻston” QFYda 11 ta, “Oqmachit” MFYda 5 ta jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Sektor boʻyicha “qizil” toifaga “Obod” va “Boʻston” QFYlar qayd etilgan boʻlsa, “Mirishkor” va “Yangi Mirishkor” MFYlari “sariq”, “Navbaxor”, “Yangiobod” va Oqmachit “yashil” toifaga tushgan.
Aytish joizki, “mahalla beshligi”, qolaversa 2024-yil
1-yanvardan boshlab toʻliq ishga tushadigan “mahalla yettiligi”
oʻz vazifasini sidqidildan va vijdonan bajarishi, nafaqat aholi yashash va turmush sharoitini yaxshilashga, balki jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga ham xizmat qiladi.
Shu nuqtai nazardan “mahalla yettiligi”ning oldida turgan eng muhim vazifalarni aytib oʻtsak (hamma oʻziga yozib olsin).
Jumladan:
— mahalla raisi mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorligini saqlash, keksalarning boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish, mahallani obod va fayzli maskanga aylantirishi, har oyda 1-marta mahalladagi koʻchalarda hashar uyushtirishi, 1 ta ehtiyojmand oilaning xonadonini hashar yoʻli bilan taʼmirlashi;
— hokim yordamchisi kambagʻallikni qisqartirish maqsadida har oyda 5 nafar ishsizlarni daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlashi, har chorakda 1 nafar shaxslarni kichik biznes subyektiga aylantirish choralarini koʻrishi, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishi;
— yoshlar yetakchisi yoshlar siyosati va yoshlar balansini shakllantirishi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida har oyda kamida 15 nafar yoshlarni sport, musiqa va fan toʻgaraklariga jalb qilishi;
— xotin-qizlar faoli oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar turmush tarziga qaytarish, har oyda kamida
5 nafar ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga yordam berishi, 10 ta oilada oilaviy qadriyatlar boʻyicha targʻibot oʻtkazishi;
— profilaktika inspektori mahallada huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, xavfsiz mahalla tamoyili asosida samarali profilaktik ishlarni tashkil etishi, oʻzaro hamkorlikda nizoli oilalarning muammolarni bartaraf qilishi, jinoyat qilishga va huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan alohida ishlashi;
— soliq inspeksiyasi xodimi har hafta kamida 10 ta xonadonning mol-mulk va yer soligʻini undirishi, “mahalla byudjeti”ni shakllantirishi, norasmiy ishlayotgan xodimlar faoliyatini legallashtirishi, vaqtinchalik faoliyat koʻrsatmayotgan va past quvvatli tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatishi;
— ijtimoiy xizmat xodimi har oyda kamida 15 ta xonadon aʼzolariga ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni olish boʻyicha huquqlarini tushuntirishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar-ning ehtiyojlariga qarab professional ijtimoiy xizmatlar
va yordam koʻrsatishi, koʻrsatilgan xizmatlar va yordamlar toʻliqligini davriy monitoring qilishi zarur;
— patronaj hamshira xodimi maxallada 0–18 yoshgacha boʻlgan axoli kontingentiga uy sharoitida tibbiy xizmat koʻrsatish, yangi tugʻilgan chaqaloklar xamda 0-5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida xonadonda reja asosida universal patronaj oʻtkazadi, xavfli omil aniqlanganda zudlik bilan shifokor va amaliyot xamshiraga xabar berish va progressiv patronajni amalga oshirish.
Ishlarni shu tarzda va oʻzaro hamkorlikda, qolaversa hokimiyat hokimligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bandlikka koʻmakalashish, yoshlar ishlari idoralari, sektor shtabi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda tizimli tashkil qilinishi “Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” tamoyilini toʻliq amalga oshirishga ham xizmat qiladi.
Shuning uchun jinoyat oqibati bilan kurashishdan koʻra, balkiuning sodir etilishiga sabab boʻlayotgan va sharoit yaratayotgan omillarnibartaraf etishlozim.
Aholi, ayniqsa yoshlar va xotin — qizlar bilan muntazam muloqot tizimini uzviy davom ettirish xalqimizga yanada yaqinroq qiladi.
Shundagina, maʼlum bir muammo oldi olinadi, oʻz vaqtida aniqlanadi va bartaraf etiladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi 2-sektor xududiga 20 ming toʻp turli xil mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Soʻzimni soʻngida “xalq oldidagi hisobdorlik” masʼuliyatini his qilishimiz, doimiy izlanishda va tashabbuskor boʻlishimiz lozimligini taʼkidlayman.