Mirishkor tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Pomuq shifoxonasida bosh shifokor, IIB masʼul xodimi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha mutaxassisi rahbarligida odam savdosiga qarshi kurashishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Voyaga yetmagan shaxs savdosi, voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoxud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaxsga haq evaziga berilayotgan shaxslar bilan bogʻliq vaziyatlar yuzasidan tushunchalar berilib, mazkur qonunbuzarlik oqibatlari haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, uzoq yillik tajribaga ega soha xodimlari tomonidan tavsiya hamda tushunchalar berildi.