Konferensiyada Mirishkor tuman Kengashining oʻtgan davrdagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusi rejalari belgilab olindi.

– Oʻtgan davr mobaynida tuman Kengashi tashabbusi bilan “Kamalak yulduzlari”, “QVZ”, “Zukko kitobxon”, “Munozara”, “Eng namunali sardorlar Kengashi”, “Sen bilan bir safdamiz” kabi 30 ga yaqin loyiha va tanlovlar amalga oshirildi.

«Ushbu loyihalarda 41 000 nafardan ziyod yoshlar faol ishtirok etdi«, — dedi tuman Kengashi raisligiga saylangan Musirmanov Abror.

Tadbirda ishtirok etgan maktab yetakchilari va Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlarining takliflari tinglandi.