Shuningdek, homiylar tomonidan yangi hayotga qadam qoʻyayotgan yosh oilaning nikoh toʻyi va 4 nafar kam taʼminlangan oilaning sunnat toʻylari oʻtkazib berildi.
Joriy yil mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk, olamshumul voqea – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi eʼlon qilinganiga oʻttiz bir yil toʻladi.
Sana munosabati bilan Davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan mustaqilligimizning 31 yilligi “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilishi, bayram munosabati bilan keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, daftarlarga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish belgilangan.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Chandir qishlogʻida tuman hokimligi va sektorlar hamkorligida 50 ta xonadonga 8 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 25 ta oilaga bir boshdan mayda shoxli hamda ehtiyotmand deb topilgan bir oilaga bir bosh qoramol topshirildi.
Shuningdek, tashabbuskor homiylar hamkorligida yangi hayotga qadam qoʻyayotgan yosh oilaning nikoh va 4 ta kam taʼminlangan oila farzandlarining sunnat toʻylari qilib berildi.
Bayram tadbirida soʻz olgan tuman rahbari Sherali Sanayev barchani mustaqillikning 31 yilligi bilan qutlab, yangi oilaga baxt, yoshlarga porloq kelajak tilab, esdalik sovgʻalarni topshirdi.
Tadbir yakunida, bayram tuhfalarini tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Xurshid Sharopov va qishloq faoli, oliy toifali shifokor Sayfulla Sharopovlar topshirishdi.