Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan 24 ta oilaning 24 nafar farzandlarini sunnat toʻyi qilib berildi.

Shuningdek, 403 ta, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj oilalarga bayram dasturxoni uchun 8 xil turdagi oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

«Ayollar daftari»dagi 51 ta oila farzandlariga yangi oʻquv yili uchun maktab formalari, saxovat tadbiriga oʻz hissasini qoʻshishni istagan tuman tashkilotlari rahbarlarining ixtiyoriy tashabbuslari bilan 80 ta ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga maktab formalari olib berildi.

240 ta ehtiyojmand oilalarga yirik shoxli hamda mayda shoxli mollar yetkazib berildi.