«Mirishkor mash’ali» gazetasidagi tanqidiy maqola yuzasidan munosabat.

Maqolada Mirishkor tumani markazidagi Chamanzor koʻchasidagi yangidan qurilayotgan uylarda 20 metrga choʻzilgan togʻdek uyulib yotgan chiqindilar 4-5 yildan buyon olib ketilmayotgani, bu masalaga hech kim eʼtibor bermayotgani xususida soʻz yuritilgan.

Mirishkor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda «Toza hudud» DUK tomonidan tumandagi mahallalarda obodonlashtirish tadbiri olib borilmoqda. Maqolada ko‘rsatilgan chiqindi uyimlari tadbir davomida tozalanishini va nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.