Telegram messenjerining «Fantastik toʻrtlik» kanalida eʼlon qilingan «Loy koʻchalar loy-loy koʻchalar asfalt koʻrarmu bu loy koʻchalar — 3» sarlavhali tanqidiy postiga munosabat.
Tumanda amalga oshirilgan ishlarga biroz e’tibor qaratsak. Tanqidiy postda ko‘rsatib o‘tilgan Mirishkor tuman Guliston qishlogʻidagi ichki yo‘llar 2019 yilda «Obod qishloq» davlat dasturi asosida jami 10 km tosh yoʻl, 5 km asfalt qilingan.
2021 yilda «Obod qishloq» Davlat dasturiga asosan tumanda 32 km ichki yoʻllar taʼmirlandi. Shundan, 15 km asfalt, 17 km tosh yoʻl qilindi.
Bundan tashqari, Pomuq shaharchasida oʻtgan yilda 7,7 km tosh yoʻl, 2 km asfalt yotqizildi, 15 km yoʻl hashar yoʻli taʼmirlandi.
«Mirishkor tuman yoʻllardan foydalanish» UK tomonidan taʼmirtalab 208 km yoʻllari yamab chiqildi.
Shuningdek, oʻtgan 2021 yilda «Epsilon» DC korxonasi homiyligi asosida «Oqmachit» mahallasidagi 3,3 km hamda tuman markazidagi 3 km yoʻllarga asfalt yotqizildi.
Kelgusi yilda, avtomobil yoʻllarini 45,0 kmni qurish, shundan, 24 km asfalt va beton, qolgan 21 km ichki yoʻllarga qum-shagʻal yotqiziladi. «Fantastik toʻrtlik» kanalidagi postda koʻrsatib oʻtilgan ta’mirtalab yoʻllar ham bosqicha-bosqich taʼmirlanadi.
Mirishkor tuman hokimligi va boshqa tashkilotlar aholiga keng sharoit yaratish, qurilish va ta’mirlash ishlari uchun ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli sarflash, natijada qishloq sharoitlarini yaxshilash borasida dasturli ishlarni amalga oshiradi.