«NasafNews.uz» saytida e’lon qilingan fototanqid yuzasidan munosabat.

Mirishkor tumanida 40 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, shundan Boʻston QFY binosi joriy yilda «Obod qishloq» Davlat dasturi asosida yangidan qurib, foydalanishga topshirilgan. «Zafar» MFY binosi «Obod qishloq» Davlat dasturi asosida kapital taʼmirlandi.

Tumanning olis hududlaridan biri «Gulshanbogʻ» QFY binosi yangidan qurib berildi. «Obod» QFY uchun davlat sherikchiligi asosida yangi binoning qurilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, «Tinchlik» va «Oqmachit» MFY binolari joriy yilda kapital taʼmirlandi.

Joriy yilda Pomuq shaharchasidagi «Tinchlik» va «Barhayot» fuqarolar yigʻini binosi toʻliq taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan boʻlsa, shaharchada yangidan qurilgan Davlat xizmatlari markazi binosidan «Yangi qishloq» MFY uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan xonalar ajratildi hamda «Pomuq» mahallasida joylashgan binoda ushbu mahalla idorasi uchun xonalar ajratilmoqda.

Tumanda mavjud mahalla fuqarolar yigʻini binolari bosqichma-bosqich taʼmirlanmoqda.

Fototanqidda aks etgan «Vori» qishlogʻidagi mahalla binosi 2022 yilda «Obod qishloq» Davlat dasturi asosida taʼmirlanadi.