«NasafNews»da eʼlon qilingan fototanqidga munosabat.

«NasafNews» saytida Mirishkor tuman Doʻstlik MFYning eski va taʼmirtalab binosi aks etgan fotolavhalar eʼlon qilindi.

Mirishkor tumanida 37 mahalla fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, shundan Boʻston QFY binosi joriy yilda «Obod qishloq» Davlat dasturi asosida yangidan qurib, foydalanishga topshirilgan. Zafar MFY binosi «Obod qishloq» Davlat dasturi asosida kapital taʼmirlandi. Tumanning olis hududlaridan biri Gulshanbogʻ QFY binosi yangidan qurib berildi. Obod QFY uchun davlat sherikchiligi asosida yangi binoning qurilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Tinchlik va Oqmachit MFY binolari joriy yilda kapital taʼmirlandi.

Tumanda mavjud mahalla fuqarolar yigʻini binolari bosqichma-bosqich taʼmirlanmoqda. «NasafNews» saytida koʻrsatib oʻtilgan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini binosi 2022 yil davomida taʼmirlanib, foydalanishga topshiriladi.