“Ozodlik radiosi”ning telegram kanalida eʼlon qilingan“Yuzlab oʻqituvchi oʻz yonidan koʻchat oʻtqazishga safarbar etildi” sarlavhali maqolasiga munosabat.
Joriy yilning 26-noyabr kuni “Ozodlik radiosi”ning telegram kanalida “Gʻaniyevni osmondan koʻrishi uchun yuzlab oʻqituvchi oʻz yonidan koʻchat oʻtqazishga safarbar etildi”sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Maqolada Qashqadaryo viloyatidagi maktablar va bogʻchalarning oʻqituvchi hamda tarbiyachilari 25-noyabr kuni ommaviy koʻchat ekishga safarbar etilgani borasida gap yuritiladi. Unga koʻra, Mirishkor tumanidagi maktab direktorlari va oʻqituvchilar shoshilinch «telegramma»dan sarosimaga tushganliklarini aytilgan.
Mirishkor tuman Xalq taʼlimi boʻlimida joriy yilning 27-noyabr kuni mazkur masala yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda 42 ta maktab direktorlari ishtirok etib, ular 25-noyabr kuni “oʻz yonidan koʻchat oʻtqazish”boʻyicha hech qanday topshiriq boʻlmaganligini tasdiqlab, xabar asossiz ekanligini ta’kidlashdi.
Maqolaga ilova qilingan foto tasvirlardagi maktablarga e’tibor qaratildi. Maktab direktorlari Mirishkor tumanida bunday maktablar yo‘qligini aytib, bir qator maktablarga tuman hokimligi tomonidan ko‘chat yetkazib berilgani haqida ma’lum qilishdi.
Suhbatni ochiq va shaffofligini taʼminlash maqsadida jarayonni yoritish uchun tumandagi blogerlar taklif etildi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda yoritildi.
Video: https://t.me/POMUQ24/6974