Telegram messenjeridagi «Sizdan telegram» kanalida Chamanzor qishlogʻida yashovchi fuqaro qilgan murojaatga munosabat.

Fuqaro Muqaddas Jabborova oʻz mujoraatida, uch nafar farzandi bilan uysiz qolib, koʻchada yashab yurgani haqida bildirgan.

Mazkur murojaat masʼullar ishtirokida oʻrganilib, quyidagilar aniqlandi:

Fuqaro Muqaddas Jabborova «Ayollar daftari»ning birinchi bosqichiga kiritilgan boʻlib, fuqaroning turar-joyga muhtojligi inobatga olinib, amaliy koʻmaklashish maqsadida Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi sessiyasi qaroriga asosan uy-joy qurilishi uchun 27 million soʻm mablagʻ ajratib berilgan.

Fuqaroga ajratilgan 27 million soʻm mablagʻni maqsadli ishlatilishi bilan tanishish maqsadida suhbat qurilganida, mazkur pul mablagʻi ushbu fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan boshqa maqsadda sarflaganligi aniqlangan.

Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan koronavirus pandemiyasi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishi uchun 880 ming soʻm pul mablagʻi, 3-nafar farzandlarini kiyim bosh olish uchun 1 million soʻm, 2020 yil 16-may kuni oziq-ovqat jamlanmasi hamda Vazirlar mahkamasining 2021 yil 28-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan fuqaroga bir martalik 735 ming soʻm moddiy yordam puli berilgan.

Fuqaroning yashab turishi uchun 2018 yil avgust oyida Chamanzor qishlogʻidagi «Shirin» mahalla fuqarolar yigʻini binosidan 3 xona ajratilib, kirib-chiqish uchun alohida darvoza qilib berilgan.

Bugungi kunda fuqaro M.Jabborovaga mazkur mahalla binosidan vaqtinchalik yashashi uchun ajratilgan hovli joyida yashab kelayotganligi aniqlandi.