Telegramdagi “Nurillo Nuritdinov” kanalida Mirishkor tumani “O’zbekiston” mahallasi raisi spirtli ichimlik ichgani va YHXB xodimi qo’liga tushib, qutilib ketgani haqida bayon etilgan.

Mazkur holatda mahalla raisiga nisbatan IIB tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy tartibda chora qo’llanilgan.

Blogerga ko’ra, mahalla raisi o’z lavozimiga noloyiq emas.

Mahalla — «Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinib, uning 8-moddasida fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi, fuqarolar yig‘ini organlari fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yо‘nalishlari bо‘yicha 8 ta komissiya va taftish komissiyasidan iboratligi belgilangan.