“Kusherbayevga murojaat” telegram kanalida “Obod qishloq” dasturiga tushgan “Obodon” mahallasida ishlar olib borilmaganligi haqida fuqaro murojaati eʼlon qilindi.
Mazkur murojaatga asosan ushbuni maʼlum qilamiz:
Haqiqatdan ham 2023 yilgi “Obod qishloq” dasturiga “Obodon” mahallasi kiritilgan. Biroq, 2023 yildan boshlab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadigan bo‘ldi.
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (VMQ-183-son) qabul qilindi.
Shunga muvofiq, endilikda mahallaning meʼmoriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish, keng qamrovli obodonlashtirish ishlarini olib borish aholi tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
Qaror bilan to‘liq tanishish:
https://lex.uz/docs/-6456544