Ijtimoiy tarmoqlarda «Mirishkor tumaniga qarashli, Guliston qishlogʻiga qarashli «Hayitobot» mahallasi «Fitrat» koʻchasiga qarashli bu yoʻllar, eʼtibordan chetda qolib kelmoqda» sarlavhasi ostida foto tanqidlar eʼlon qilindi.
Dastlab, 2022 yil Mirishkor tumanida yoʻllarni taʼmirlash borasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalsak.
Tan olish kerak, tuman hududida taʼmirtalab yoʻllar yoʻq emasdi. Biroq, Davlat rahbarining inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlari natijasida, tumanimizda ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilib, eʼtibordan chetda qolgan yoʻllar taʼmirlanib, aholi orasida eʼtirof etilmoqda.
Birgina, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida tanlab olingan 2 ta “Ayzabod” va “Vori” qishloqlarida 25,1, km ichki yoʻllar joriy va mukammal taʼmirlandi, shundan 8.9 km asfaltlashtirildi va 2 km qismiga sement-beton qoplamasi yotqizildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2022 yil 21-22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha 2,6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga tumanidagi taʼmirtalab ichki yoʻllarning 4 km qismi taʼmirlandi.
Jumladan:
— Obodon MFY 1 km;
— Navroʻz MFY 1 km;
— Oʻzbekiston MFY 1 km;
— Mirobod MFY 0,6 km;
— Nurafshon MFY 0.4 km qismi sement-beton qoplama qilinib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, “Ochiq byudjet” dasturining 1-bosqichi boʻyicha gʻolib deb topilgan 12 loyihalar jumladan:
- Yangi Mirishkor MFYdagi “Navroʻz” koʻchasining 600 metr qismini asfalt qilish uchun 2,7 mlrd soʻm;
- Jeynov ichimlik suv inshooti yoʻlini 150 metr qismini asfalt qilish uchun 68 mln soʻm;
- Mirishkor tuman markaziga kirish yoʻli (4K-325 yoʻlining) 3.7 km qismini asfalt qoplamasi yotqizish uchun 1 mlrd soʻm;
- Mirishkor tuman Chamanzor qishlogʻi yoʻllarini taʼmirlash uchun 900 mln soʻm;
“Ochiq byudjet” dasturining 2-bosqichi boʻyicha gʻolib deb topilgan 4 ta loyihalar:
- Baraka mahallasining 7-maktabga olib boradigan Gulxaniy, Musaffo va Chilangarlar tutashgan koʻchalarini 2,5 km qismini taʼmirlash uchun 1,2 mlrd soʻm;
- Shirin mahallasining 3 km ichki yoʻllarini yoʻlini asfalt qilish 1,2 mlrd soʻm ajratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26-sentyabrdagi 523-sonli qaroriga asosan Mirishkor tumani Pomuq qabristoniga olib boruvchi ichki xoʻjalik avtomobil yoʻlining 2,1 km qismi 1 mlrd soʻm mablagʻ evaziga asfalt-beton qilib, joriy taʼmirlash ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi.
Mirishkor tumani Guliston QFY Chopiq qishlogʻidagi ichki xoʻjalik avtomobil yoʻlining 0,7 km qismini 356 mln soʻm mablagʻ evaziga asfalt-beton qilib joriy taʼmirlash ishlari foydalanishga topshirildi.
Davlat xavfsizlik xizmati raisining Qashqadaryoga tashrifida belgilangan vazifalarga asosan tumandagi 15 ta mahallaning 19,0 km ichki yoʻllari hashar asosida taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yilda ham yoʻllarni taʼmirlash borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.
Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida 51,2 km ichki yoʻllar joriy va mukammal taʼmirlanadi. Shundan 33 km asfaltlashtirish va 18,2 km qismi tosh yoʻlga aylantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6-avgustdagi 435-sonli qaroriga asosan, Pomuq mahallasida 3,8 km ichki yoʻllarga asfalt-beton yotqizish ishlari, Chandir qishlogʻida ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Mirishkor tumanining 25 ta mahallasi 49,39 km qismi taʼmirlanadi, shundan 45,39 km asfalt beton, 3 km sement-beton va 1 km toshli yoʻlga oʻtkaziladi.
Yuqorida reja qilingan ishlar doirasida «Guliston» QFYning «Hayitobod» qishlogʻi ichki xoʻjalik yoʻllari ham joriy yilda taʼmirlanadi.