Telegram messenjerida «Mahalla xodimlariga ustama toʻlanmayapti — Mirishkor» sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi.
Murojaatga koʻra, «Qashqadaryo viloyat Mirishkor tuman mahallari uchun mahalla xodimlariga Prezident qarori asosida toʻlanadigan 30% ustama toʻlanmay keladi», deyiladi va undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi eʼlon qilingan.
Biroq, 2021 yilning 23-dekabr kuni Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi qaroriga koʻra, 2021 yil 3-chorak yakunlari boʻyicha soliq va tushumlar istiqbol rejasini oshirib bajarilgan qismi mablagʻlari hisobidan tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga tuman MIB ning 3-dekabr 2021 yildagi №282/21-sonli xatiga asosan undiruvga chiqarilgan qarzdorlik xarajatlari uchun 146 762 325 (Bir yuz qirq olti million yetti yuz oltmish ikki ming uch yuz yigirma besh) soʻm ajratilgan.
Murojaat qilingan eʼlon boʻyicha, masʼul soha vakillariga yoʻnaltirilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilishi, toʻlanmay qolgan ustamalar qonuniy tarzda toʻlab berilishi tushuntirildi.