Telegram messenjeridagi kanallardan birida «Klaster fermerlarga shartnomada belgilangan mablagʻni toʻlab bermayapti» sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Aniqlanishicha, Mirishkor tumanida 1045 ta fermer xoʻjaliklari 22250 gektar yer maydoniga «The Best agroxim klaster» MCHJ bilan gʻalla yetkazib berish boʻyicha shartnoma qilgan boʻlib, shundan 171 ta fermer xoʻjaliklarining shartnoma shartlarida asosida 1.9 mlrd soʻm qarzdorliklari mavjud.
Qolgan 874 fermer xoʻjaliklari klasterdan 41 mlrd soʻm qarzdorligi mavjud.
«The Best agroxim klaster» MCHJ Fermer xoʻjaliklarining qarzdorliklarini qarzdorligi mavjud boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan undiriladigan qarzdorlik summasidan tez orada tulab berilishini maʼlum qildi.