Telegram messenjeridagi «Sizdan telegram» kanalida Mirishkor tuman Pomuq shaharchasi Barhayot mahallasida yashovchi Akmal Avliyoqulovning uy ta’miri va ekin uchun suv yo‘qligi haqidagi murojaati e’lon qilindi.
Mazkur holat bo‘yicha tegishli tashkilotlarga o‘rganish uchun ma’lum qilindi. Shundan so‘ng, 3-sektor rahbari Musurmon Bo‘riyev holatni o‘z nazoratiga olgan.
Ma’lumot o‘rnida, Pomuqda soniyasiga 300 litr suv haydovchi nasos ishga tushirilgan bo‘lib, Pomuq va Bahoriston mahallalarining ma’lum qismiga sug‘orish uchun suv yetkazib turibdi.