Telegram messenjeridagi «Nurillo Nuritdinov» kanalida «Mirishkor tuman hududida yiqilishini kutayotgan bekat» sarlavhali foto lavhalar eʼlon qilindi.

Mazkur bekat Mirishkor hududida joylashgan boʻlib, fotolavhada koʻrsatilgan tayanch ustunisiz turgan holat mutaxassislar tomonidan xavfsiz ekanligi maʼlum qilindi. Binobarin, obʼektning tayanch ustunlari avvaldan mavjud boʻlmagan. Keyinchalik bekatning tashqi koʻrinishi uchun ikki yon tarafiga oʻrnatilgan.

Ushbu bekat tadbirkor tomonidan foydalanishga olingan boʻlib, tez kunda taʼmirlanib, ishga tushirilishi rejalashtirilgan.