Telegeam messenjeridagi «Nurillo Nuritdinov» kanalida IIB binosi roʻparasidagi taʼmirtalab koʻchalar tasviri eʼlon qilindi.
Tumanda 2021 yilda «Obod qishloq» Davlat dasturiga asosan tumanda 32 km ichki yoʻllar taʼmirlandi. Shundan, 15 km asfalt, 17 km tosh yoʻl qilindi.
Bundan tashqari, Pomuq shaharchasida oʻtgan yilda 7,7 km tosh yoʻl, 2 km asfalt yotqizildi, 15 km yoʻl hashar yoʻli taʼmirlandi.
«Mirishkor tuman yoʻllardan foydalanish» UK tomonidan taʼmirtalab 208 km yoʻllari yamab chiqildi.
Shuningdek, oʻtgan 2021 yilda «Epsilon» DC korxonasi homiyligi asosida «Oqmachit» mahallasidagi 3,3 km hamda tuman markazidagi 3 km yoʻllarga asfalt yotqizildi.
Joriy yilda, avtomobil yoʻllarini 45 kilometrini qurish, shundan, 24 km asfalt va beton, qolgan 21 km ichki yoʻllarga qum-shagʻal yotqiziladi.
«Nurillo Nuritdinov» kanalidagi postda koʻrsatib oʻtilgan Mirishkor tuman IIB roʻparagasidagi taʼmirtalab yoʻllar ham bosqicha-bosqich joriy taʼmirlanadi.

Shuningdek, mazkur kanalda «Mirishkor tumanidagi 1-ta chiqindi ahvoli» sarlavhali video tanqiddan so‘ng, «Toza hudud» UK tuman filiali xodimlari tomonidan video lavhada aks etgan hudud chiqindilardan tozalandi.