Telegram messenjeridagi «Nurillo Nuritdinov» kanalida eʼlon qilingan «Ichida puli boru, ishlamaydigan bankomat» sarlavhali post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 3-iyun kuni Mirishkor tumani markazidagi «Turonbank» bank xizmatlari ofisidagi bankomatlarda internet aloqalari bilan bog‘liq uzilishlar sabab, qisqa vaqt naqd pul yechib olish xizmati ishlamagan. Mazkur holat markaz xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida bartaraf etilib, bankomatlar faoliyati tiklangan.

Ma’lumot o‘rnida, bank kartasidan naqd pul yechib olish istagidagi fuqarolar uchun tumandagi «Agrobank» filiali va filialning Pomuq va Jeynov shaharchalaridagi bank xizmatlari markazlari hamda «Xalqbanki»ning Mirishkor tuman filiali binosi oldidagi bankomatlari doimiy xizmat koʻrsatmoqda.