Qadrli tumandoshlar!

Ayni kunlarda barchamiz asrlar mobaynida asl milliy qadriyat sifatida ma’rifatli xalqimizning eng go‘zal fazilatlarini namoyon etuvchi Iyd al-Adho — muborak Qurbon hayiti bayramini nishonlaymiz.

Zamirida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy anʼana va qadriyatlar aks etgan ulug‘ ayyom barchamizga muborak boʻlsin.

Ushbu qutlugʻ kun mohiyatida milliy va diniy anʼanalarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash mujassamdir.

Azizlarim!

Shunday fazilatli kunlarda koʻp millatli tumanimizning duogoʻy keksalari tomonidan elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat boʻlsin!

Hurmatli yurtdoshlar!

Mehnatkash va olijanob, mard va tanti xalqimizni muborak Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy muborak bod etaman.

Xonadoningizga fayzu baraka, oilaviy totuvlik va xotirjamlik tilayman. Qurbon hayit muborak boʻlsin.

SHERALI SANAYEV,
Mirishkor tuman hokimi