Assalom alaykum aziz va muhtaram tumandoshlarim, yurtdoshlarim! 

Borliqdagi uygʻonish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, toʻkinlik va mehru oqibat ramzi – Navroʻzi olam muborak azizlarim! 

Barchangizni Navroʻz ayyomi bilan tabriklab, oʻzimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etmoqdaman.

Ushbu ayyom tumanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun azaldan eng suyukli bayramdir. Navroʻz oʻzining buyuk qudrati bilan tabiatni uygʻotmoqda.

Aziz tumandoshlarim! 

Barchamiz uchun suyukli va qadrli Navroʻz bayrami bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman!

Qutlugʻ ayyom har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin. 
Sharqona yangi yil, yangi dehqonchilik mavsumi barchamiz uchun fayzli kelsin.

Sherali Choriyevich Sanayev,
Mirishkor tuman hokimi