Poytaxtdagi «Universal» sport saroyida zaif koʻruvchi va koʻzi ojiz sportchilar oʻrtasida para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Musobaqada Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, hamkor tashkilotlar hamda koʻplab sport federatsiyalari rahbariyati ishtirok etdi.

J2 klassida erkaklar oʻrtasida -73 kg vazn toifasida mirishkorlik Sardor Jongeldiyev raqiblarini magʻlub etib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.