Joriy yilda tumanimizdagi 323 nafar kasanachi va 879 nafar zvenochilar 1145 quti pilla qurtini parvarishlab, xomashyo qabul qilish maskaniga rejadagi 64 tonna yuqori sifatli pilla yetkazib berdilar.

Pilla tayyorlash reja-majburiyatini tumanda birinchi boʻlib ado etgan «Avazchoʻl», «Avtonomov», «Oltin boshoq», «Mirishkor», «Chandir», «R. Gʻoyibov», «S. Murodov» hamda boshqa massivlardagi fermer xoʻjaliklari jamoalari va oilaviy zvenolar munosib hissa qoʻshishdi.

Mazkur massivlar pillakorlari koʻzlangan hosilni qisqa muddatlarda saranjomlab, belgilangan reja-koʻrsatkichni oshirib ado etishda koʻpchilikka oʻrnak boʻlishdi.

«Safar ota», «Fam», «Nurboboyev Elbek», «Burdolik» va «Zoyirshox lider» kabi oʻnlab ilgʻor fermer xoʻjaliklari va Otayeva Farogʻat, Tosheva Gulsum, Rajabov Nafas, Usmonova Gulchehra, Xolmaxmedova Kenjamurod, Rajabova Gulbi va Egamberdiyeva Dilbar yetakchiligidagi ilgʻor zvenolar jamoalari har quti pilla urugʻidan 70-80 kilogrammdan oshirib yuqori sifatli hosil koʻtarishga muvaffaq boʻldilar.

Mirishkor tuman hokimligi Axborot xizmati