Yoshlar ishlari agentligi Mirishkor tuman bo‘limi v.b. boshlig‘i Rajabqulov Abrorjon, «5 tashabbus» bo‘yicha mutaxassis Fayzullayeva Indira, «Obod» va «Barhayot» mahalla yoshlar yetakchilari «Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

Qarshi shahridagi yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Temur Poyonov nishonlarni topshirdi.