«Yangi Mirishkor» shaharchasi hududida joylashgan limonariyda oraliq ekin sifatida hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos poliz ekinlar hisoblangan «Runner» navli pomidor va «fantino» navli bodring ekilgan.
Xususan, «Shams asl limonlari» MCHJ tomonidan ham bir gektar yer maydonida oraliq ekin sifatida pomidor va bodring ekinlari ekilgan boʻlib, ayni kunlarda pishib yetilib, ichki bozorlarga sotuvga chiqarilmoqda.






Mazkur issiqxonada 10 ga yaqin doimiy va mavsumiy ishchilar mehnat qilishmoqda. Quvonarli jihati, tadbirkor fuqarolar bandligini taʼminlash bilan bir qatorda, aholiga arzonlashtirilgan poliz mahsulotlarini yetkazib bermoqda.