Dastlab, Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash ayyomiga bag‘ishlangan tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.
Tadbirda sektor rahbarlari, Buxoro va Andijondan Mirishkor tumaniga kelib, yoshlarga ta’lim ulashayotgan pedagoglar va faxriylar ishtirok etishdi.
Dasturxonlar o‘qituvchilar va murabbiylar uchun o‘zgacha did bilan bezalib, milliy taomlardan tortildi.
Xalqimizning ustoz otangdek ulugʻ, degan purhikmat naqlida ham oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan samimiy ehtirom namoyon.
Bu bayram, avvalo, oʻzining bilim va tajribasi, isteʼdod va mahorati, insoniy fazilatlarini, koʻz nuri va qalb qoʻri, butun borligʻini ayamasdan, maʼrifat yoʻlida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Sharafli kasb bayramini nishonlayotgan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini eʼtirof etgan holda Mirishkor tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sh. Sanayev, 2-sektor rahbari A. Boboxonov, 3-sektor rahbari M. Boʻriyev va 4-sektor rahbari A. Sariqovlar bayram sovgʻalarini topshirishdi.