Agrar sohadan industrial-agrar sohaga aylanayotgan Mirishkorda yana ikkita loyihaning qurilish ishlari boshlanib, ayni damda davom etmoqda.

Mirishkor tuman Toshkent massivida LT textile overseas tomonidan umumiy qiymati 4,2 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi paxta zavodining qurilish ishlari davom etmoqda. Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida 300 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Loyiha quvvati 50 ming tonnani tashkil etadi.

Shuningdek, mazkur hududda umumiy qiymati 3,8 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi chigitni qayta ishlovchi zavodning ham qurilish ishlari davom etmoqda. Eksport qiymati 5,5 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu loyiha ishga tushsa, 100 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.