Mirishkor tumani “Mirishkor” MFY hudidagi 2,5 gektar yer maydonida “Mirishkor textile group cluster” MCHJ tomonidan “Samo” brendi ostida tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan umumiy qiymati 24 mlrd soʻm boʻlgan matodan trikotaj ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

Bugun korxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat rahbari Murotjon Azimov boshchiligida viloyat va tuman sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida, 500 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanadi hamda 2 mln AQSH dollari qiymatidagi tikuv-trikotaj mahsulotlari Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston hamda Xitoy davlatlariga eksport amalga oshiriladi.

Korxona yiliga 6 mln dona tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaradi.