Koʻp millatli tumanimizdagi xotin-qizlarning oʻziga xos oʻrni borligini mamnuniyat bilan taʼkidlash lozim. Tumanda qoʻlga kiritilayotgan barcha tarmoqlardagi yutuq va gʻalabalarda, farzandlarga taʼlim-tarbiya berishda, xalqimizning salomatligini mustahkamlashda, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi sohalarida erishilgan yuksak marralarni egallashda ayollarimiz ham faol qatnashmoqdalar.

Bugun, 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan Mirishkor tuman Jeynov shaharchasida «Sen bahorga timsolsan ayol» nomli bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirini Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev oʻzining samimiy bayramona tabrigi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, viloyat boshqarmalari va tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tuman hokimi Sherali Sanayev xotin-qizlarga bayram sovgʻasini ulashdi.